Surxondaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi — Termiz tumanida joylashgan, kasb-hunar yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlovchi zamonaviy ta’lim muassasasi.
Texnikum binosi 886 o‘rinli bo‘lib, 2001-yilda qurilgan. Dastlab pedagogika va ijtimoiy kasb-hunar kolleji sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. Texnikumning umumiy yer maydoni 3,49 gektarni tashkil etadi.
Texnikumda zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan:
Taʼlim sifatini oshirish maqsadida texnikumda izchil bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida 2024-yilda 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ evaziga 100 o‘rinli yotoqxona binosining 1-qavati ta’mirlandi.
2025-yilda esa o‘quv binosining eshik va deraza romlari yangilandi hamda 1 mlrd 465 mln so‘mlik o‘quv jihozlari — kompyuter, tikuv mashinasi, interaktiv doska, partalar va boshqa zarur jihozlar olib kelindi. Termiz davlat pedagogika instituti homiyligida oshpazlik ustaxonasi zamonaviy uskunalar bilan ta’minlandi.
2025/2026 o‘quv yilida texnikumda jami 554 nafar o‘quvchi (shundan 172 nafari qizlar) 6 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha tahsil olmoqda. Texnikumda jami 49 nafar pedagog faoliyat olib bormoqda — ulardan 17 nafari ishlab chiqarish ta’limi ustalari, 32 nafari maxsus fan va umumta’lim fanlari o‘qituvchilari.
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 18 ta to‘garak va 8 ta sport seksiyasi ish olib boradi. To‘garaklarga 216 nafar, sport seksiyalariga 85 nafar o‘quvchi jalb etilgan.
Texnikum o‘quvchilari 5 ta korxona va tashkilotga manzilli biriktirilgan bo‘lib, ular bilan ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari tuzilgan. 2024/2025 o‘quv yilida texnikumni 104 nafar o‘quvchi bitirgan — ulardan 28 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan, 71 nafarining bandligi ta’minlangan.